AQSh harbiy sanoat kompleksidagi bir qator kompaniyalarning sobiq xodimi josuslik qilgani uchun sakkiz yilu bir oylik qamoq va 50 ming dollar miqdoridagi jarima jazolariga hukm qilindi. Ushbu qaror Xartford shahri (Konnektikut shtati) sudi tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
61 yoshli Muzaffar Xazaiy sanoat sirlariga oid 1,5 mingta hujjat va mudofaa texnologiyalariga doir yana 600 ta hujjatni Eronning bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari ixtiyoriga yetkazishga urinishda ayblanmoqda. So‘z, jumladan, AQSh Harbiy-havo kuchlari uchun mo‘ljallangan F-35 va F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari reaktiv dvigatellari ishlanmasi haqida bormoqda.
Sud uning hukmni yengillashtirish haqidagi iltimosnomasini rad etdi.
U Eronda tug‘ilib, o‘sgan. Keyinroq AQShga ko‘chib kelib, Oklaxoma shtatidagi universitetda ta’lim olgan. Amerika fuqaroligini olgan, Nyu-Meksiko shtatidagi universitetda ilmiy darajani qo‘lga kiritgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilning noyabrida Amerika bojxonasi Xazaiy Eronga yuborayotgan yuklarda maxfiy hujjatlarni topgan. 2014-yilning yanvarida u Nyuark shahridagi Liberti aeroportida hibsga olingan.
Izoh (0)