Qozog‘iston harbiy-havo kuchlari bayrog‘i HHK polkovnigi Aydin Ayimbetov bilan birga Yer sharini 156 marta aylanib chiqdi va orbitada bo‘lib qaytdi, deb yozadi Tengri News.
Qozog‘istonlik kosmonavt, qiruvchi uchuvchi 23-oktabr kuni uni o‘z safdoshlari — aviatorlarga topshirdi.
“Kosmik parvozi chog‘ida Aydin Ayimbetov bir qator fizik-kosmik sinovlar o‘tkazdi, u o‘zi bilan birga Qozog‘iston bayrog‘ini ham orbitaga olib chiqdi, shuningdek, HHK bayrog‘ini ham o‘z tashabbusiga ko‘ra olib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Polkovnik Ayimbetov Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Havo mudofaasi kuchlari ko‘krak nishoni va Talgat Begeldinov nomidagi yubiley medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)