Amerikalik fotograf Erik Pikersgill o‘zining Removed loyihasida zamonaviy odamlarning telefon va planshetlarga qanchalik ko‘nikib qolganligini ko‘rsatib berdi. U o‘zining modellarini bo‘sh qo‘llari bilan, biroq go‘yoki gadjetlardan foydalanayotgandek, masalan, xabar yozayotgan, o‘yin o‘ynayotgan, selfi olayotgan yoki internet sahifalarini ko‘zdan kechirayotgan kabi vaziyatlarda suratga oldi. Kishini o‘ylantiradigan ushbu suratlarni Tjournal taqdim etadi.
Fotografning so‘zlariga qaraganda, Nyu-York kafelaridan biridagi notanish oila bilan bog‘liq holat uning loyiha ustida ishlashiga turtki bo‘lgan. Kafeda o‘tirgan ota o‘zining ikki qizi bilan telefonlariga shunchalik berilib ketgan ediki, qizlarning onasi derazaga qarab o‘tirar va eng yaqin insonlari davrasida yolg‘iz va g‘amgin ko‘rinar edi.
“Men bu oilani oziq-ovqat do‘konida, sinfxonalarda, yo‘llarda va hatto o‘z uyimda ham ko‘raman”, — deydi Pikersgill.
Izoh (0)