Braziliyaning janubiy shtati bo‘lmish Riu-Grandi-du-Sulda kuchli jala aralash sodir bo‘lgan toshqin natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 1,4 mingdan ortiq oila boshpanasiz qoldi. Bu xaqda “TASS” xabar bermoqda.
15-oktabr, payshanba kuni Braziliya hukumati kuchli shamol aholi turar joylariga va elektruzatish liniyalariga katta ziyon yetkazganligini ma’lum qildi. 500 ming nafarga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
Soatiga 130 kilometr tezlikda harakatlanayotgan toshqin va shamol oqimi 31 mingta binoga turli darajada ziyon yetkazgan. 2,3 mingga yaqin oila maktab va gimnaziyalarga vaqtinchalik joylashtirilgan.
Ushbu tabiiy ofat yuzasidan Braziliya milliy integratsiya vazirligi Riu-Grandi-du-Sul shtatining 26 munitsipalitetida favqulodda vaziyat e’lon qildi. Falokat hududiga odamlarga kerakli yordam beruvchi va moddiy zararlarni aniqlovchi mutaxassislar guruhi jo‘natilgan.
Izoh (0)