Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nyu-York shtati politsiyasi “Hayot so‘zi” nasroniylar jamoasi a’zosi, 19 yoshli Lukas Leonardning o‘limida gumon qilib, olti kishini hibsga oldi. Ular orasida marhumning ota-onasi ham bor, deya xabar bermoqda Meduza.

Bryus va Debora Leonard.

Bryus va Debora Leonard.
Foto: AP

Leonard 12-oktabr, dushanba kuni Nyu-Xatford kasalxonasida vafot etdi. Uning ukasi, hozirda ahvoli og‘ir ekanligi aytilayotgan 17 yoshli Kristofer ham shu kasalxonaga keltirilgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, gunohlarini tan olish va tavba qilishni talab etib, o‘smirlarni bir necha soat davomida kaltaklashgan. Qanday ayb haqida gap ketganligi hozircha ma’lum emas.

Kaltaklashda jamoaning olti nafar a’zosi, jumladan, Lukas va Kristoferning ota-onasi — Bryus hamda Debora Leonard ham ishtirok etgan. Ularning barchasi qotillikda ayblanmoqda.

Nyu-Xatford rasmiylarining ta’kidlashicha, jamoaning ellikka yaqin a’zosi bo‘lgan, ulardan ayrimlari mazkur qavmga tegishli cherkovda yashagan. Tintuv chog‘ida politsiya cherkovda 2 dan 15 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar bolani aniqlab, davlat vasiyligiga olgan.

Mahalliy aholining aytishicha, Leonardlar oilasi sektaga mansubligini bildirmagan. Cherkovda nimalar ro‘y berayotganidan ham hech kimning xabari bo‘lmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi