Bahraynlik muxolifatchilarga nisbatan tayinlangan qamoq jazosining jami muddati 2,7 ming yilni tashkil etadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Al-Vifak” muxolifatchi partiyasi erkinligi boshqarmasi rahbari Xadi al-Musaviyning matbuot yig‘ilishida ma’lum qilishicha, 2015-yil davomida qirollikda namoyish ishtirokchilaridan 340 nafariga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlangan.
Tayinlangan jazolarning jami muddati 2783 yil qamoq jazosiga tengdir. Al-Musaviyning ta’kidlashicha, hozirgi paytda muxolifatga har qanday namoyishlar, jumladan, tinch namoyishlarni o‘tkazish ham taqiqlangan.
Izoh (0)