Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Futbol sharhi” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. “Arena.uz” sayti futbolchining ko‘rsatuv davomida bildirgan fikrlarining qisqartirilgan varianti bilan tanishtirdi, deb yozadi “Stadion.uz”.

Foto: “Sports.uz”

Foto: “Sports.uz”

Odil Ahmedov JCh—2018 saralashidagi Bahraynga (4:0) qarshi o‘yindagi g‘alabada milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning hissasi katta bo‘lganini ta’kidladi.

“Tanaffusda murabbiy Bahraynni to‘psiz qoldirishimiz lozimligini uqtirdi. Ikkinchi bo‘limda murabbiyning ko‘rsatmalarini aniq bajardik. Qolaversa, bir necha kun Bahrayn ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilib, raqibning kuchsiz taraflarini yaxshi o‘rgangandik. O‘zi arab jamoalariga qarshi o‘yinlarda yo birinchi gol urishingiz yoki to‘p nazoratini o‘z qo‘lingizga olishingiz g‘alabaning asosiy omili bo‘ladi. Bu g‘alabada murabbiyning hissasi katta!

KXDR o‘z uyida Filippin bilan durang o‘ynashini nafaqat men, balki boshqalar ham kutmagan bo‘lishi aniq. Endi buyog‘i o‘z qo‘limizda. Noyabrda Toshkentda koreyslarga qarshi uchrashuv olti ochkolik bo‘ladi. Biz maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz”, — dedi Ahmedov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri