Fransiya Harbiy-havo kuchlarining Suriyada amalga oshirgan hujumlari natijasida olti nafar fransuz terrorchisi yo‘q qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Fransiya bosh vaziri Manuel Vals IShIDning tayyorgarlik lagerlariga qo‘shilganlar ertaga ularga nisbatan zarba berilishi mumkinligini bilib qo‘yishi lozimligini ma’lum qilgandan bir kun o‘tib, terrorchilarning yo‘q qilinganligi haqida xabar qilindi.
Fransiya Harbiy-havo kuchlari sentabr oyi oxirida birinchi marta IShIDning Suriyadagi pozitsiyalari bo‘yicha aviahujumlarni amalga oshirdi. Vals hujumlar o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadida amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)