Turkiya harbiy vertolyotlari o‘tgan bir necha kun mobaynida ikki marta Armaniston havo hududini buzib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” Armaniston fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
“6—7-oktabr kunlari Turkiya qurolli kuchlari vertolyotlari 2—4 daqiqa davomida Armaniston havo hududi chegarasini buzib o‘tdi. ‘Armaeronavigatsiya’ kompaniyasi dispetcherlari turkiyalik hamkasblari bilan bog‘langanda, ular hodisani ob-havo sharoitining yomon bo‘lganligi bilan izohladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Turkiya vertolyotlari respublika chegarasini Armavir shahri yo‘nalishida buzib o‘tgan. Ular Armaniston chegarasi yaqinidagi Ig‘dir—Kars yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan edi.
Izoh (0)