Twitter kompaniyasida xodimlar soni ommaviy ravishda qisqartirilishi kutilmoqda. Recode nashrining o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, xodimlarni ishdan bo‘shatish kelasi haftadan boshlanadi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning barcha bo‘linmalari xodimlari soni qisqartiriladi. Aynan qancha odam ishsiz qolishi hozircha noma’lum, biroq bu holat, asosan, muhandislarga daxl qiladi — Twitter xodimlarining qariyb 50 foizi aynan shunday mutaxassislarni tashkil etadi.
Xodimlar soni kompaniya samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan restrukturizatsiya doirasida yuz beradi. “Biz mish-mishlar va uydirmalarga izoh bermaymiz”, — dedi Twitter vakili. Ma’lumot uchun, 5-oktabr kuni Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsi rasman kompaniya bosh direktori etib tayinlangan edi.
Twitter kompaniyasiga 2006-yilda asos solingan bo‘lib, bosh qarorgohi San-Fransiskoda joylashgan. Kompaniyada hozirgi vaqtda taxminan 4,1 ming xodim mehnat qilmoqda.