NATO Vengriya va Slovakiyada yangi shtablarning tashkil etilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Sharqiy Yevropada mavjud oltita shtabga qo‘shimcha ravishda Vengriya va Slovakiyada yangi boshqaruv va nazorat tuzilmalarini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi”, — dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.
NATO o‘zining javob kuchlarini 40 ming kishigacha kengaytirish haqidagi doktrinani qo‘llab-quvvatladi.
“Harbiy qo‘mondonligimiz NATOning javob kuchlarini Janubda joylashtirish uchun yetarli imkoniyatlar va infratuzilmalar mavjudligini tasdiqladi”, — deb ta’kidladi Stoltenberg.
Izoh (0)