Jahon boks assotsiatsiyasi versiyasi bo‘yicha super og‘ir vazndagi jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasidagi jang Moskva yoki Grozniyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jahon chempioni Chagayevning menejeri Timur Dugazayev ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Avvalroq Chagayev va amerikalik Fres Okendo o‘rtasida 17-oktabrda Kilda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang Okendoning jarohat olganligi tufayli bekor bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
“Unvonga rasman nomzod Lukas Braun hisoblanadi. Hozir biz Jahon boks assotsiatsiyasi tomonidan jang sanasining belgilanishini kutyapmiz. Braunga qarshi jang Moskva yoki Grozniyda bo‘lib o‘tadi. Buni Ramzan Ahmatovich (Qodirov) bilan muhokama qilish kerak bo‘ladi”, — dedi Dugazayev.
Izoh (0)