6-oktabrdan 10-oktabrgacha Belarusda prezidentlik sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berishning asosiy kuni 11-oktabrdir. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Belarus qonunchiligiga muvofiq, saylovchi saylov kuni o‘z hududidagi saylov uchastkasiga bora olmasa, muddatdan oldin o‘z nomzodiga umumiy ovoz berish uchastkasiga borib ovoz berishi mumkin. Bugungi kunda mamlakatda va uning tashqarisida umumiy ovoz berish uchastkalari soni 6,13 mingtaga yaqin. Saylov kunida ovoz berish jarayonlariga qatnasha olmaslik xususida rasmiy tushuntirish talab etilmaydi.Bu kunlarda umumiy ovoz berish uchastkalari mahalliy vaqt bilan 10:00 dan 14:00 gacha va 16:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Belarus prezidentligiga saylovda ovoz beruvchi mamlakat fuqarolari soni 7 millionga yaqin.
Izoh (0)