O‘zbekistonlik professional bokschi Ahror Mirolimovning 23-oktabr kuni Jarrel Millerga qarshi jang o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar beradi.
Ushbu jang AQShning Arizona shtati Finiks shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, Ahror Mirolimov uch yildan beri Xyuston shahrida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Mamajonov bilan o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda.
Aslida Mirolimov bir oy avval Las-Vegas shahrida o‘zining 18-jangini o‘tkazishi kerak edi. Lekin jangga ikki kun qolganda uning raqibi amerikalik Keyt Barri betob bo‘lib qolgan va buning natijasida jang bekor qilingan edi.
Mirolimov hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, shularning 16 tasida zafar quchgan. Faqat bitta chempionlik jangida amerikalik Derrik Rossiga ochkolar hisobi bo‘yicha yutqazib qo‘ygan. Uning nokaut bilan qozongan g‘alabalari soni 13 tani tashkil etadi.
Izoh (0)