“Muchjige” to‘foni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan, Xitoy janubida xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: China Topix

Foto: China Topix

To‘fon Guandun viloyatining sohilbo‘yi tumanlariga, shuningdek, Xaynan va Guansi-Chjuan muxtor tumaniga daxl qilishi kutilmoqda.

Mahalliy shoshilinch xizmatlari yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan, Guandun viloyatida transport qatnovi va dengiz bo‘ylab kruizlar to‘xtatilgan, 38,9 mingga yaqin baliqchilik kemasi portlarga qaytarilgan.

Xaynan orol viloyatida esa markazdan Sanya kurort-shahriga tezyurar poyezdlarning qatnovlari bekor qilingan.