Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Angliya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”—“Nyukasl” uchrashuvi “shaharliklar”ning 6:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Serxio Aguero “Siti”ning 6 ta to‘pidan 5 tasini 20 daqiqa davomida — 42, 49, 50, 60 va 62-daqiqalarda kiritib, penta-trikka erishdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Sports.ru”

Foto: “Sports.ru”

Argentinalik futbolchi bir uchrashuvda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan APL tarixidagi beshinchi o‘yinchi bo‘ldi. Ungacha penta-trikka Jermeyn Defo (36 daqiqa ichida), Alan Shirer (54), Endi Koul (65) va Dimitar Berbatov (68) erisha olgan.

Bundan tashqari, “Manchester Siti” raqib darvozasiga 20 daqiqada 6 ta to‘p kiritib, bu boradagi APL rekordini yangiladi. Jamoa ushbu g‘alabasi evaziga 18 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni Germaniya Bundesligasida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Volfsburg” bilan uchrashuvda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, 9 daqiqa davomida penta-trik amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston rahbari o‘rinbosari hamda vazirni, shuningdek, 7 nafar hokimni ogohlantirib, ularga yil yakuniga qadar imkoniyat berdi
Dunyo
Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda qo‘shilishiga to‘siq bo‘ladigan sabab ma’lum qilindi
Mahalliy
Bir yillik ish staji, ingliz tilini bilish: O‘zbekistonda ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar qanday?