“Barselona”, “Milan” va Braziliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan futbolchi Ronaldinyo avtohalokatga uchradi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Futbolchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Hodisa 1-oktabr kuni Portu-Alegri shahrida sodir bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi jarohat olmagan.
Ronaldinyoning muxlisi futbolchi bilan suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishni istamadi. Natijada juda ham o‘ng‘aysiz selfi vujudga keldi.
Izoh (0)