Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahrida 3-oktabr, shanba kuni Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)ning tennis bo‘yicha 17-xalqaro Tashkent Open musobaqasi yakuniga yetdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Nao Xibino. Foto: “Gazeta.uz”

Nao Xibino. Foto: “Gazeta.uz”

Juftlik bahslari finalida rossiyalik Margarita Gasparyan va Aleksandra Panova dueti Vera Dushevina (Rossiya) va Katerina Sinyakova (Chexiya) ustidan 6:1, 3:6, 10:2 hisobida ustun keldi.

Yakkalik bahslari finalda esa yaponiyalik Nao Xibino xorvatiyalik raqibi Donna Vekichni ikki setda bir xil — 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etib, Tashkent Open’ning 2015-yilgi bahslari g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik tennischi qizlardan faqat bir nafari musobaqaning yakkalik bahslarida nimchorak finalga chiqqan bo‘lsa (Nigina Abduraimova shvesiyalik Yohanna Larssonga mag‘lub bo‘lgandi), juftlik bahslarida faqat Oqgul Omonmurodova va Nigina Abduraimova juftligi chorak finalgacha yetib kelgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida blogerning qo‘li chopib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)