Ukraina qurolli kuchlari va Lugansk xalq respublikasi vakillari 100 millimetrgacha bo‘lgan kalibrdagi qurol-yarog‘larni to‘qnashuv chizig‘idan ortga surish boshlanganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Donetsk xalq respublikasi esa ortga surishni 18-oktabrdan boshlashga so‘z berdi.
Birinchi bo‘lib ortga surish haqida Lugansk xalq respublikasi hisob berdi. Tan olinmagan respublika vakillarining ta’kidlashicha, tanklarning birinchi kolonnasi 15 kilometr masofaga ortga qaytdi. Kiyev, o‘z navbatida ortga surilishi lozim bo‘lgan qurol-yarog‘lar ro‘yxatini tuzayotganligini ma’lum qildi.
Harbiy texnikalar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari joylashgan hududgacha ortga suriladi.
Izoh (0)