Anqaraning markaziy tumanlaridan birida avtobus odamlar bilan gavjum bekatga borib urildi. Bu haqda Hurriyet ma’lumotiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, avtobus odamlar va mashinalarni urib, 120 metrgacha yurib borgan. Natijada 12 kishi halok bo‘lgan va yana shuncha kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtobus pastlikka qarab tushayotganda haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va odamlar to‘dasi ichiga yo‘nalgan. Ana shundagina transportni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Qutqaruvchilar avtobus ostidan o‘lganlar va yaradorlarni olib chiqishga erishgan.
Izoh (0)