Auksionda “Titanik” kemasida halokatdan oldin so‘nggi bor tashkillashtirilgan tushlikda o‘zida turli taomlarni jamlagan menyu 88 ming AQSh dollariga sotildi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Menyu kema halokatidan omon qolganlarning noma’lum avlodi tomonidan sotuvga qo‘yilgan. Sotilgan menyuda 1912-yil, 14-aprel sanasi tushirilgan va unda “Titanik” qarashli bo‘lgan kema kompaniyasi logotipi ham tasvirlangan. Menyuda kemadagi so‘nggi tushlik paytida birinchi klass yo‘lovchilari uchun qaynatilgan kremli urilgan qo‘y go‘shti, tuzlangan go‘sht, pyure, qovurilgan va dimlangan kartoshka, baliqli gazak, cho‘chqa va mol go‘shti, olmali beze va sakkiz turdagi pishloq kabi taomlar qayd etilgan.
Auksion tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, bu menyuni boylarni pul evaziga qutqaradigan qayiqda omon qolgan yo‘lovchilardan biri yonida saqlab qolgan. Bu kabi menyulardan yer yuzida uch yoki to‘rtta mavjud.
Izoh (0)