O‘zbek foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, mamlakatda tekin video va ovozli qo‘ng‘iroqlar ommabop xizmati to‘liq rejimda ishlay boshladi. “O‘zbektelekom” vakillari Skype faoliyatidagi texnik nosozliklar bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda “Uz24” xabar beradi.
O‘zbekistonda Skype va boshqa messenjerlar bilan bog‘liq muammolar ikki oy avval boshlangan edi. Jumladan, foydalanuvchilar matnli xabarlarni odatiy rejimda yuborsa-da, videoqo‘ng‘iroqlar xizmatidan foydalanish imkoniyati yo‘qoldi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” muammoni sheriklari tarmog‘idagi profilaktika ishlarining uzaytirilganligi bilan bog‘lagan edi.
Izoh (0)