Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2050-yilga kelib Yer yuzidagi 60 yoshdan oshgan aholi soni ikki barobarga ko‘payib, ikki milliarddan oshishini taxmin qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Butun dunyo bo‘yicha yashash davomiyligi o‘sib bormoqda. Bugun ko‘pchilik kishilar 60 yildan ko‘proq yashashga umid qilishi mumkin. 2050-yilga kelib dunyoning 60 yoshdan oshgan aholisi soni ikki milliarddan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. 2015-yilda bu ko‘rsatkich 900 millionni tashkil etdi”, — deyiladi tashkilot xabarida.
Shu tariqa keksa kishilar sayyora jami aholisining 22 foizini tashkil etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari tashkilot ekspertlarining taxmin qilishicha, 2050-yilga kelib 80 yoshga kirgan kishilar soni hozirgi 125 million ko‘rsatkichdan 434 million kishiga yetadi.
Izoh (0)