Braziliyada Chevrolet Cobalt’ning yangilangan versiyasining yashirincha olingan fotosuratlari oshkor etildi. U 1—2 oy ichida O‘zbekistonda va tarixiy vatani Janubiy Amerikada taqdim etilishi kerak, deb xabar beradi “12news.uz”.
Ushbu sedan avtomobillari Braziliyada 2011-yildan, O‘zbekistonda esa 2012-yildan buyon ishlab chiqarilmoqda.
Old tomondan Cobalt yangi Cruze’ga o‘xshash bo‘ladi. Orqa qismida esa yukxona qopqog‘iga tutashib ketuvchi yangi gorizontal shakldagi chiroqlar paydo bo‘ladi. Avtomobil saloniga esa sensor ekranli multimedia tizimi va boshqa bezaklar o‘rnatilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda ushbu avtomobilning yangilanishi biroz kechiktirilib amalga oshirilsa-da, mahalliy mashinalardagi 1,5 lik (106 ot kuchi) motorning almashtirilishi hozircha kutilmayapti.
Izoh (0)