Rossiyaning Xomutovo qishlog‘ida yashovchi ayolning Irkutsk yo‘l-patrul xizmati postida ko‘zi yoridi. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari unga yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi “TASS”.
Noyob tug‘uruq jarayoni 24-sentabr kuni yuz berdi, 29-sentabrda esa ayol va uning o‘g‘liga tug‘uruqxonadan ruxsat berishdi.
24-sentabr, payshanba kuni tug‘uruqxonaga yo‘l olgan er-xotin yo‘l-patrul xizmati postida to‘xtadi, u yerga tez yordam chaqirildi. Biroq tug‘uruq jarayoni tezlashib ketganligi tufayli chaqaloq oilaga tegishli avtomobilda dunyoga keldi. Postga yetib kelgan shifokorlar ayol va bolani shifoxonaga olib bordi.
Bugun, 29-sentabr kuni tibbiy muassasani tark etgan Siganular oilasi uyga qaytishda yana postda to‘xtab, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlariga minnatdorlik bildirdi. Bunga javoban ofitserlar Sorokin va Bondarenko ayolga guldasta, chaqaloqqa esa xavfsizlik kursisini sovg‘a qildi.
Izoh (0)