Apple 25-sentabrdan boshlab dastlabki dam olish kunlarida 13 million dona iPhone 6s va 6s Plus sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda, 3 million donaga ko‘pdir. Kompaniyaning o‘zi buni rekord ko‘rsatkich, deb baholadi. Bu haqda Look at me xabar bermoqda.
“iPhone 6s va iPhone 6s Plus favqulodda ajoyib smartfonlardir. Har ikkisi ham Apple tarixida ilgarigi mahsulotlarga qaraganda dam olish kunlari eng ko‘p sotilgan mahsulot sifatida qayd etildi”, — dedi kompaniya rahbari Tim Kuk.
Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz, yangi iPhone’larning joriy yil 9-sentabrida San-Fransiskoda taqdimoti bo‘lib o‘tgan, 25-sentabr, juma kunidan boshlab, jahonning o‘nta davlatida sotuvi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izoh (0)