Vertu kompaniyasi shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalanganligi bilan ajralib turuvchi Signature Touch smartfonini ishlab chiqardi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Smartfon displeyining himoya paneli 130 karatli yaxlit yarimkristall sapfirdan ishlangan bo‘lib, har qanday qirilishlarga chidamlidir. Smartfonning barcha modellari Buyuk Britaniyada qo‘lda yig‘iladi. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri qismlarining joylashuvidir. Masalan, nanoSIM va MicroSD kartalari uning korpusiga “chayka qanoti” original mexanizmi yordamida yashirilgan.
Vertu Signature Touch 5,2 dyum, 1920x1080 pikselli displey, sakkiz yadroli Qualcom Snapdragon 810 prosessori hamda 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotiraga ega.
Izoh (0)