AQShning Sietl shahri olimlari tomonidan ishlab chiqilgan GeoS sun’iy intellekt tizimi Amerika oliy o‘quv muassasalariga qabul qilishda abituriyentlarga havola etiluvchi geometriya bo‘yicha imtihonni topshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar beradi.
Sun’iy intellekt tizimi imtihonda 800 balldan 500 ball to‘pladi. Kompyuterning natijasi 2015-yil abituriyenti to‘plagan o‘rtacha ballga teng.
“Tyuring testidan farqli ravishda SAT Reasoning Test standartlashtirilgan testi bugungi kunda bizga mashina va odamning qanday fikrlashini taqqoslash imkonini beradi”, — deb ta’kidlaydi AI2 kompaniyasi bosh direktori Oren Etsioni.
Izoh (0)