Kataloniyaning Reus muxtor viloyati aholisi Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoyni “mustaqillik” shiorlari bilan qarshi oldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vakillari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bosh vazir va Xalq partiyasidan Kataloniya saylovlarida nomzodi ko‘rsatilgan Ksavyer Garsiya Albiol maydonda aylanib yurganda, ularning yo‘lini bir necha o‘nlab namoyishchilar to‘sib chiqdi. Norozi kishilar mustaqillikni talab etuvchi shiorlarni baland ovozda aytishni boshladi. Natijada Raxoy o‘z tansoqchilari qurshovida avtomobiliga yetib olishga majbur bo‘ldi. U mashinasiga yetgunga qadar bir necha selfi tushishga va fuqarolari bilan salomlashishga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya Ispaniya shimoli-sharqida joylashgan muxtor jamiyatdir. Oxirgi yillarda bu yerda ayirmachilik kayfiyati kuchaygan.
Izoh (0)