21-sentabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida futzal bo‘yicha ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi ilk Osiyo chempionati boshlandi. Qit’a chempionatida Osiyoning sakkizta davlati terma jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ushbu tarixiy qit’a chempionatida ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekiston futzalchilari “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, Avaz Maqsumov shogirdlari Eron, Malayziya va Gonkong terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston vakillari mezbon Malayziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.
22-sentabr kuni Eron, 23-sentabr kuni Gonkong terma jamoasiga qarshi o‘yinlar belgilangan. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa yarim finalga yo‘l oladi. Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari 26-sentabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)