2015-yilning 1—3-oktabr kunlari “O‘zbekiston” sport saroyida Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar o‘ynaladigan mazkur musobaqada bugungi kunga kelib 60 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishini bildirgan.
Ta’kidlash joizki, Gran-Pri turkumiga kiruvchi mazkur musobaqa 2013-yildan buyon O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilmoqda. Agarda dastlabki yili 20 davlat vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, 2014-yili 42 davlat sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yildan-yilga nufuzi va darajasi ortib borayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
30-sentabr kuni soat 14:00 da Wyndham (sobiq Dedeman) mehmonxonasida turnir oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Izoh (0)