Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchi konserni Daimler AG boshqaruv raisi Diter Setshe Germaniyaga 800 mingdan ortiq muhojirning kirib kelishi urushdan keyingi davrdagi kabi iqtisodiy o‘sishga asos bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Tadbirkorning fikricha, Germaniyaga kelayotgan har bir kishi ajoyib muhandis, mexanik yoki tadbirkor bo‘lmasa-da, muhojirlarning aksariyati yangi mamlakatda o‘qish va ishlash uchun avvalgi hayotini tashlab kelgan, yuqori motivatsiyaga ega malakali kadrlar hisoblanadi.
“Bu esa yana bir iqtisodiy mo‘jizani yaratishga olib keladi”, — deydi Setshe Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yuzaga kelgan iqtisodiy o‘sishni nazarda tutib.
Germaniyaga shu yilning oxiriga qadar bir million qochoqning kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)