2010-yilda chiqarilgan hal qiluv qarorini bajarmaganligi uchun Amerika sudi Rossiyadan 43,7 million dollar miqdoridagi jarimani undirish imkonini beruvchi qaror chiqardi. Bu haqda Interfax xabar beradi.
Federal sud qarori hozirda Bruklinda faoliyat yuritayotgan “Xabad Lyubavich” jamoasidan bo‘lgan xasidlarga yahudiylar diniy matnlari kolleksiyasini Rossiyadan qaytarish talabini o‘z ichiga olgan edi.
So‘z 12 ming kitob va 25 ming hujjatni o‘z ichiga oluvchi Yozef Shneyersonning kutubxonasi haqida bormoqda. Kolleksiyaning bir qismi 1918-yilda bolsheviklar tomonidan davlat mulkiga aylantirilgan edi. 2010-yilda Vashington federal sudi sudyasi Roys Lambert xasidlarning yahudiylar qadimiy qo‘lyozmalariga nisbatan talablarining qonuniy ekanligini isbotlaganligi haqida qaror chiqargan edi. Bunga javoban RF TIV bunday qarorni noqonuniy, deb hisoblashini ma’lum qilgan.
2013-yilning 17-yanvarida federal sud Rossiyadan qaror bajarilmagan har bir kun uchun 50 ming dollar jarima undirish haqida qaror chiqardi.
Izoh (0)