Ta’sischilaridan biri Alisher Usmonov bo‘lgan Alibaba Group Xitoy bozoridagi aksiyalar narxining tushishi munosabati bilan 140 milliard dollar kapitalini yo‘qotdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Xitoyning eng yirik kompaniyasi nomini Tencent Holdings kompaniyasiga boy berdi.
“Alibaba’ning ikkinchi chorakdagi hisoboti katta taassurot qoldirmadi. Tencent kompaniyasining moliyaviy ko‘rsatkichlari esa mobil qurilmalardagi reklamalardan kelayotgan daromad hisobidan istiqbollidir”, — deydi China Merchants Securities Holdings tahlilchisi Jeff Xao.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik sarmoyador va milliarder Jorj Soros Alibaba internet-riteylerining o‘ziga tegishli aksiyalaridan katta qismini sotgan edi.
Izoh (0)