AQShda Mehnat kuni bayramini nishonlash davomida uchta yengil motorli samolyotning halokati natijasida o‘n kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
7-sentabr, dushanba kuni Oregon va Shimoliy Karolina shtatlaridagi ikki halokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi.
6-sentabr, yakshanba kuni esa yengil motorli samolyot Kolorado shtatidagi tog‘li hududga qulab tushgan. Samolyotda bo‘lgan besh kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy hukumat hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)