Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi 760/759-raqamli “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qatnov yo‘li yo‘lovchilarni tashish uchun Qarshi stansiyasigacha uzaytirilmoqda. U 2015-yilning 5-sentabr kuni soat 07:00 dan boshlab Toshkent—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlana boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi rasmiy sayti xabar beradi.
Poyezd Samarqanddan Qarshiga 09:13 da jo‘nab ketadi va Qarshiga 10:15 da yetib boradi.
Qarshi shahrigacha poyezd chiptasi quyidagicha baholangan: ekonom-klassdagi joy 70 ming so‘m, bizness-klassdagi joy 95 ming so‘m, VIP-klassdagi joy 135 ming so‘m.
Shu munosabat bilan quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining ish jadvali o‘zgarmoqda:
- 8/7-raqamli “Nasaf” poyezdi Toshkentdan 15:07 da jo‘nab, Qarshiga 19:46 da yetib boradi. Shuningdek, Qarshidan 07:09 da jo‘nab, Toshkentga 11:48 da yetib keladi.
- 10/9-raqamli “Sharq” poyezdi Toshkentdan 08:26 da jo‘nab, Buxoroga 14:57 da yetib boradi. Shuningdek, Buxorodan 08:20 da jo‘nab, Toshkentga 14:57 da yetib keladi.
Izoh (0)