Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kam miqdordagi kunduzgi uyqu “hayotni qutqarishi” mumkin, uning sharofati bilan odamlarda yurak xuruji xavfi kamayadi. Bu haqda, Gretsiyadagi Asklepieion Voula gospitali mutaxassislari tadqiqotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Tadqiqot rahbari doktor Manolis Kallistratosning so‘zlariga ko‘ra, yuqori bosim kunduzi mudrab olishni yoqtiruvchilarning qon tomirlari va yuragiga kamroq zarar yetkazadi.

Gretsiyalik mutaxassislar yuqori qon bosimidan aziyat chekuvchi 400 nafarga yaqin o‘rtacha yoshi 61 da bo‘lgan ayol va erkakni kuzatib bordi. Aniqlanishicha, kunduzgi uyquga vaqt ajratgan ishtirokchilarda bosim, taxminan, besh foizga pasaygan.

Olimlarning fikricha, bu yurak xurujlari soniga sezilarli ta’sir qilish uchun yetarli. Boshqa ko‘rsatkichlar, xususan, puls chastotasi ham kunduzi uxlaydiganlarda kun davomida tetik yuradiganlardan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Kunduzgi uyqusi uzoqroq bo‘lganlarda (taxminan bir kunda bir soat) natijalar ham yaxshiroq bo‘lgan.

Kallistratos kunduzgi uyquni “eski odat” deb ataydi, uning fikricha, buni zamonaviy hayot tarzi bilan yanada uyg‘unlashtirish kerak. “Kunduzgi uyqu belgilangan ish jadvali bo‘yicha har kuni band bo‘lishni nazarda tutuvchi mehnat madaniyati sabab faqat tanlanganlar uchun odatga aylandi, xolos”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Peskov safarbarlikning yangi to‘lqini haqidagi taxminlarni “provokatsiya” deb atadi
Mahalliy
Qibraydagi zapravkada yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Dunyo
Alla Pugachyova, Yelena Zelenskaya va eronlik namoyishchilar BBC’ning eng nufuzli ayollar ro‘yxatiga kirdi