NASA rahbari Charlz Bolden amerikalik astronavtlar Xalqaro kosmik stansiyaga Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemalarida uchishiga to‘g‘ri kelayotganiga nisbatan norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, “Roskosmos” bilan tegishli shartnomani uzaytirish AQShga 490 million dollarga tushadi. Wired nashrida chop etilgan maqolasida Bolden “Kongress, bizni Rossiya bilan birga uchishga majbur qilma”, deb yozgan.
“Kosmik parvozlar — qiyin narsa, biroq tanlov oson: yo biz o‘zimizga, o‘z biznesimizga, o‘z qobiliyatlarimizga, o‘z odamlarimizga sarmoya kiritamiz, yoki buning o‘rniga soliq to‘lovchilarimizning pullarini Rossiyaga jo‘natamiz”, — deb yozgan Bolden.
Izoh (0)