Peshonasidan shox o‘sib chiqqan 87 yoshli xitoylik Lyan Ksyujenning qarindoshlari shifokorlarga shishni olib tashlashga ruxsat bermadi. Uning oilasi qari ayol jarrohlik amaliyotini ko‘tara olmasligidan xavotir olmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Shifokorlar unda “teri shoxi” deb ataluvchi epitelial shishni qayd etdi. U o‘z-o‘zidan rivojlanishi yoki saraton xastaligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ksyujenning o‘g‘lining so‘zlariga qaraganda, onasining peshonasidagi shox sakkiz yil avval o‘sa boshlagan. Dastlab u xolni eslatuvchi kichik qora nuqta bo‘lib, keyinroq shoxli o‘simtaga aylangan. Ayol uni bexosdan sindirib qo‘ygandan so‘ng, uning o‘rniga avvalgisidan kattaroq, 13 santimetrli shox o‘sib chiqqan.
Izoh (0)