Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UEFA rasmiy saytida 2014/15-yilgi mavsumning eng yaxshi goli uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlandi, deb xabar qiladi “Championat.com”.

Foto: 101greatgoals.com

Foto: 101greatgoals.com

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining “Bavariya”ga (3:0) qarshi dastlabki o‘yinidagi goli birinchi o‘rinni egalladi. Messi Jerom Boatengni aldab o‘tib, Manuel Noyer darvozasini ishg‘ol etgan edi. Ushbu gol uchun ovoz beruvchilarning 39 foizi (199 190 kishi) ovoz berdi.

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning guruh bosqichida “Enfild”da “Liverpul”ga kiritgan goli ikkinchi o‘rinni oldi (24 %). Uchinchi o‘rinni “Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remsining guruh bosqichida “Galatasaroy”ga urgan goli egalladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)