O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi qaroriga izoh berdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Qarorga binoan, 2015-yil 29-avgust, shanba dam olish kuni 2015-yil 31-avgust, dushanba kuniga ko‘chirilgan, o‘z navbatida, 2015-yil 29-avgust, shanba kuni ish kuni deb e’lon qilingan edi.
Vazirlikning izohida aytilishicha, olti kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlovchi xodimlar uchun avgust oyidagi ish vaqti me’yori o‘zgarishsiz qoladi. Besh kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlovchi xodimlarda avgust uchun mo‘ljallangan ish me’yori bir soatga oshadi, chunki 29-avgust bayram arafasidagi kun hisoblanmaydi.
O‘z navbatida, 2015-yilning uchinchi choragi, to‘qqiz oyi, ikkinchi yarim yilligi hamda to‘liq 2015-yil uchun ish vaqti me’yori ham 1 soatga ko‘payadi.
Izoh (0)