Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston poytaxt politsiyasi xodimi Baxit Alimqulov Ostona shahriga kirish postida, tez yordam kelgunga qadar, tug‘uruq jarayonini qabul qildi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar beradi.

Foto: newskaz.ru

Foto: newskaz.ru

“Irtish” postida politsiya xodimiga Audi mashinasining haydovchisi yordam so‘rab murojaat qildi. Erkak uning turmush o‘rtog‘i ko‘z yorayotganligi va ular Ostonadagi tug‘uruqxonaga borishga ulgurmaganligini ma’lum qildi.

Ostona yo‘l-patrul politsiyasi komandiri Baxit Alimqulov tez yordamni chaqirdi. Biroq tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar, uning o‘zi tug‘uruq jarayonini qabul qildi.

Tez yordam yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasini poytaxt perinatal markaziga yetkazdi. Ularning ahvoli yaxshi. Baxit Alimqulovning so‘zlariga qaraganda, u avval ham bir necha marta xizmat jarayonida ko‘z yorayotgan ayollarga yordam bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)