Isroil bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning faol ishtirokchisi, diplomat Saib Arikat Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasining yangi bosh kotibi etib saylandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ushbu lavozimda hozirgacha Yosir Abd Rabbu ishlab kelayotgan edi. Arikatning bosh kotiblikka saylanishi u Falastin prezidenti Mahmud Abbos tomonidan o‘z davomchisi sifatida ko‘rilayotganidan dalolat berishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22-avgust kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastin ozodlik tashkiloti rahbarligidan iste’fo berishini ma’lum qildi. U bilan birgalikda tashkilot ijroiya qo‘mitasining 18 a’zosining yarmidan ko‘pi iste’foga chiqdi.
Izoh (0)