Saudiya Arabistonida keksaygan erkak koronavirusidan vafot etdi
Saudiya Arabistonida yana bir kishi MERS koronavirusidan halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Newskaz.ru” qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat poytaxti Ar-Riyodda yashovchi 71 yoshli erkak koronavirus oqibatida halok bo‘ldi. Bundan tashqari Ar-Riyodda virusni yuqtirib olishning to‘qqizta holati qayd etildi.
Vazirlikning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-yildan buyon Saudiya Arabistonida 1115 kishi koronavirus bilan kasallanib, ulardan 480 nafari halok bo‘lgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar