London sharqida ayol kishiga hujum qilib, uni tunab ketgan erkak bir necha daqiqadan so‘ng uning elektron pochtasiga bexosdan o‘zining selfisini yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Fotosurat har safar smartfon blokirovkasini ochish uchun noto‘g‘ri parol kiritilganda suratga olib, uni qurilmaning ro‘yxatdan o‘tgan sohibiga yuboruvchi dastur tomonidan olingan.
Bosqinchi 25 yoshli ayolga kunduzgi sayr chog‘ida hujum qilgan, uni yerga itarib yuborib, smartfonini olib qochgan.
Taxminan 15 daqiqadan so‘ng, ayolning pochtasiga o‘g‘rining yuzi tasvirlangan surat kelgan. Politsiya uni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)