O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Jo‘rabek Karimov Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik sportchi mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning asosiy to‘riga saralash bahslari orqali yetib kelgandi.
Ilk davrada tajribali ukrainalik Vladimir Ujilovskiyga qarshi kortga chiqqan Jo‘rabek kuchli raqibini 5:7, 6:4, 7:6 hisobida mag‘lub etdi. Endi Karimov ikkinchi bosqichda belaruslik Sergey Betovga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)