Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Kanadaning Vankuver shahrida start olgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi birinchi davrada Yanko Tipsarevichga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Lekin so‘nggi pallada serbiyalik raketka ustasining o‘rnini fransiyalik Matias Burge egalladi. Dunyoning 207-raketkasiga qarshi kechgan uchrashuvda Do‘stov 4:6, 7:6, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Endi o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada latviyalik Ernest Gulbis hamda ukrainalik Ilya Marchenko uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Do‘stov juftliklar musobaqasida aynan Marchenko bilan birga o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi