Kelayotgan dam olish kunlari — 22—23-avgustda O‘zbekistonda havo harorati tushishi kuzatiladi, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmat markazi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21—23-avgustda harorat kechasi 13—18° gacha, kunduzi 25—30° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21—23-avgustda kechasi 17—22° gacha, kunduzi 27—32° gacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—23-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 27—32° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 29—34° gacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—23-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 25—30° gacha pasayadi.
Izoh (0)