Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoyning Tyanszin port shahridagi sanoat hududida yangi portlashlar yuz berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: RBK

Foto: RBK

Navbatdagi portlashlar oqibatida avval portlash qayd etilgan omborxonada yana yong‘in kelib chiqqan. Shaharning bir qismi tutun ostida qolgan. Taxminlarga ko‘ra, avtoturargohda qoldirilgan avtomobillar portlab ketgan bo‘lishi mumkin.

Mahalliy ma’muriyat hodisa joyidan uch kilometr masofada istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan. Qayd etishlaricha, portlash yuz bergan omborxonada kamida 700 tonna natriy sianidi bor.

Ayni vaqtda, Xitoy hukumati mamlakatdagi barcha kimyoviy va portlovchi moddalar saqlanuvchi omborxonalardagi sharoitlarni tekshirib chiqish haqida ko‘rsatma bergan. Tyanszindagi sanoat hududini boshqaruvchi kompaniya rahbari esa xavfsizlik qoidalarini “qo‘pol ravishda buzishda” ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tyanszinda 12-avgust kuni ro‘y bergan dastlabki ikki portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 85 kishiga yetdi, yana 700 dan ortiq odam turli darajada tan jarohati olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi