Shu kunlarda “Samarqand Nur” davlat unitar korxonasi tomonidan Samarqandning markaziy ko‘chalaridagi eski cho‘g‘lanma chiroqlarni yangi LED yoritgichlarga almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda Bo‘stonsaroy ko‘chasi va “Ko‘k saroy” maydoni hududida yangi chiroqlar o‘rnatildi, deb xabar beradi “12news.uz”.
“Samarqand Nur” DUK bosh muhandisi Isroil Yarullayevning so‘zlariga qaraganda, Samarqand ko‘chalari va maydonlarini yorituvchi chiroqlarni almashtirish ishlari “Sharq taronalari” o‘ninchi xalqaro musiqa festivali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan bayramlarini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar jamoat joylarida 5500 ga yaqin energiya tejovchi chiroqlar o‘rnatildi. LED yoritgichlarni o‘rnatish ishlari bayramlardan so‘ng ham davom ettiriladi.
Izoh (0)